Huawei 2

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olib hamda ularning futbolga bo'lgan katta qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TV telekanali futbolga ixtisoslashgan yangi FUTBOL TV telekanalini tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashning yig'ilishida FUTBOL TV telekanaliga litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilindi. 

Xabaringiz bor, UZREPORT TV telekanali Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premer-ligasi va Ispaniya chempionati o'yinlarini O'zbekistonda translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o'rin olgan o'yinlarni jonli efirda namoyish qilib kelmoqda. Turli chempionatlarda bir vaqtda boshlanadigan qiziqarli uchrashuvlarning biri FUTBOL TV telekanalida namoyish etilsa, ikkinchi o'yin UzReport TV telekanalida parallel ravishda jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek, FUTBOL TV telekanalida futbol uchrashuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyish qilinmoqda. Bundan tashqari, futbolga oid bo'lgan turli qiziqarli ko'rsatuvlarni efirga uzatib borish yo'lga qo'yilgan.

O'tgan davr mobaynida tomoshabinlar fikr mulohazalari telekanal xodimlari tomonidan muntazam tarzda o'rganib borildi. Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e'tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

FUTBOL TV telekanali tomonidan tomoshabinlar uchun uch asosiy yangilik yaratildi:

Birinchidan: DVB-T (birinchi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalinib kelgan tomoshabin endilikda o'z qurilmasida “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin. Avval birinchi avlod tyunerlarida bunday imkoniyat bo'lmagani va bu o'z o'rnida ba'zi noqulayliklarni keltirib chiqarganini ta'kidlab o'tish lozim.

Ikkinchidan: FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish uchun DVB-T2 (yangi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalanayotgan tomoshabin “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV HD telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin.

Uchinchidan: FUTBOL TV telekanali endi kunduzi soat 10:00 dan kechasi soat 3:00 gacha efirga chiqadi.

Shuni qo'shimcha qilish kerak, telekanal mutasaddilari muntazam tarzda muxlislardan kelib tushayotgan fikr va takliflarni kuzatib, ularni o'rganib chiqmoqda. FUTBOL TV telekanali kelajakda ham xalqimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehnat qilishda davom etadi.

FUTBOL TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!

Mavzuga oid xabarlar: 19

"Fantastik toʻrtlik" koʻrsatuvining navbatdagi sonini tomosha qiling

Hurmatli futbol muxlislari, bugun – 20 sentyabr kuni soat 18:40 dan boshlab FUTBOL TV telekanalida “Fantastik toʻrtlik” koʻrsatuvining navbatdagi (II) soni eʼtiboringizga havola etiladi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarining jonli efirlarida FIFA-2018 o'yinlarini tomosha qiling!

«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari o'zbek muxlislariga yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining barcha uchrashuvlarini jonli efirda va yuqori sifatda taqdim etadi.

UZREPORT 2018 yilgi Jahon chempionati translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi

Rossiyaning 12ta yirik stadionlarida dunyoning saralangan 32ta terma jamoasi murosasiz bahs olib boradi va mazkur uchrashuvlar UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e'tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanali HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 qur'a tashlash marosimini tomosha qiling!

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahrida 2018-yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 Yevropa qit'asi saralash uchrashuvlarini tomosha qiling

Kelasi yili Rossiya Federatsiyasida to'rt yillikning eng muhim musobaqasi — futbol bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media festivalining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Futbol TV”, “Milliy TV”, “Zo‘r TV” va “Karavan TV” kanallari ijodkorlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, “Yil kashfiyoti” nominatsiyasi joriy etildi va ularga ham maxsus mukofotlar topshirildi

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida YECHL pley-off bosqich o'yinlari jonli efirda namoyish etiladi!

Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off javob uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etadi.

UZREPORT TV va FUTBOL TV yangi mavsum futbol uchrashuvlari translyatsiyasini boshlaydi

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari Yevropa qit`asida start olayotgan eng tomoshabop chempionatlarning eng qiziqarli uchrashuvlarini namoyish etadi.


Tepaga