Huawei 1
Messi MLSda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLSda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Messi futbolchilar, klublar texnik xodimlari va OAV vakillari o'rtasida 38,43 foiz ovoz to'plagan holda g'alaba qozongan.

Ovoz berishda ikkinchi o‘rinni 33,7 foiz ovoz olgan Kolumb hujumchisi Kucho Ernandes egalladi.

Eslatib o'tamiz, Messi joriy mavsum “Inter Mayami” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12000 | Инструменты