FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya 29–30-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy kanalida xabar qilindi.

FIFA delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.

Tashrif doirasida O'zbekistonda futbolni yana-da ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va obyektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston futbolini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatda futbolni yanada taraqqiy ettirish borasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93015 | Инструменты