Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini yana-da shaffof va adolatli qilish maqsadida, bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan munosabatlarda qo‘llaniladigan minimal talablarni yangiladi.
Yangi chek-list joriy etiladi u orqali mijozlar kredit olishdagi barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqida oldindan maʼlumot oladi.
Kredit to‘lovlarini kechiktirayotgan fuqarolar uchun shartnomani o‘zgartirish va yengillik berishning aniq tartibi belgilandi.
Banklar fuqarolarni ortiqcha qarzga undamasligi, shuningdek davlat nafaqalari hisobidan qarz undirmasligi haqidagi qoidalar kuchaytirildi.
Mijoz roziligisiz oldindan belgilangan belgilar yoki kredit parametrlarini kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida mijozlarga aniq va standart maʼlumot berish majburiyati joriy etilmoqda.
Yangi normalar 2026 yil 29 yanvardan kuchga kiradi
Alpha version: 0.9.1.19 build 102922 | Инструменты