Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Societe Generale” bankining vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi. Bu haqda regulyator axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Vakolatxona mamlakat moliya bozorini oʻrganish hamda davlat organlari, moliya tashkilotlari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: Fransiyaning “Societe Generale” banki 1864-yilda tashkil etilgan boʻlib, dunyoning 58 ta mamlakatida faoliyat yuritadi va Yevropaning yetakchi bank va moliyaviy xizmatlar guruhlaridan biri hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111723 | Инструменты