Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo bilan savdosi 3,5 mlrd dollarga yetdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar–may oylarida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 3,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 27,5 foizga koʻp boʻlib, mamlakat umumiy tashqi savdosining 10,8 foizini tashkil qildi.

Hisobot davrida Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga eksporti 1,3 milliard dollarga yetib, yillik oʻsish 30,8 foizni tashkil qildi. Import hajmi esa 2,2 milliard dollar boʻlib, 25,7 foizga oshdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70802 | Инструменты