O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zcharmsanoat" uyushmasi raisi Akbar Sultonov va Misrning "ART" kompaniyasi rahbari Majid Sulaymon o'rtasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil qilindi.
Unda, shuningdek, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, manfaatdor tadbirkorlar va elchixona xodimlari qatnashdi.
Uchrashuvda O'zbekiston hududida charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid investitsiyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Misr tomoni e'tiboriga mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, erkin sanoat zonalari to'g'risidagi taqdimot taqdim etildi.
Sanoat uskunalarini keltirish bilan bog'liq masalalar va mahsulotni xorijga eksport qilish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida charm mahsulotlari namunalarini almashish va moliyalash masalalarini batafsil muhokama qilish to'g'risida kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120302 | Инструменты