Markaziy bank internetda tarqalayotgan 1 million so‘mlik banknotani muomalaga kiritish bo‘yicha xabarlarni rad etib, fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqirdi
O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda 1 million so‘mlik yangi banknotaning surati va uning muomalaga chiqarilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.
“Mazkur ma’lumot asossiz bo‘lib, yolg‘on va feyk ekanligini ma’lum qilamiz. U haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi xabarda.
Regulyator ushbu xabarlarning feyk va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, fuqarolarni pul muomalasi bilan bog‘liq axborotlarni faqat rasmiy sahifalardan kuzatib borishga chaqirgan.
Ma’lumot o‘rnida, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasiga muvofiq, mamlakatda pul belgilarining nominal qiymati aynan regulyator tomonidan belgilanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102404 | Инструменты