Nashrning Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori lavozimdagi mansabdorlariga tayanib xabar berishicha, Eron oliy rahnamosi oyatulloh Xominaiy har bir harbiy qo‘mondon va siyosatchiga to‘rt nafardan ehtimoliy o‘rinbosar tanlash topshirig‘ini bergan. U shuningdek, kommunikatsiyada muammolar yuzaga kelganida yoki oyatulloh halok bo‘lganida qaror qabul qilishi mumkin bo‘lgan "tor doiradagi ishonchli shaxslarga" vazifalarni taqsimlagan.
"Oyatulloh mamlakat milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijani va bir necha nafar yaqin maslahatchilariga nafaqat AQSH va Isroil bombardimonlaridan so‘ng, balki oliy rahbariyat, jumladan, Xominaiyning o‘ziga suiqasd qilinganidan keyin ham amaldagi tuzumning omon qolishini taʼminlashlari kerakligini aytgan", — dedi The New York Times manbalari.
Taʼkidlanishicha, Eron Qo‘shma Shtatlarning hujumi muqarrarligidan kelib chiqib harakat qilmoqda. Mamlakatdagi barcha harbiy kuchlar yuqori darajada shay holatiga keltirilgan. Iroq bilan chegara va Fors ko‘rfazi sohillari bo‘ylab ballistik raketa uchirish moslamalari joylashtirilgan.
"Urush boshlangan taqdirda politsiya, razvedka maxsus korpuslari va “Basij” xalq ko‘ngilli bo‘linmalari yirik shaharlar ko‘chalarini qo‘riqlaydi", — degan uch nafar harbiy va ikki nafar mansabdor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты