“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni taʼsis etiladi

Hukumat qarori (68-son, 19.02.2026 y.) bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni  bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati quyidagilarni birlashtiruvchi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati doirasida shakllantiriladi:

▫️ Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari;
▫️ maktablar;
▫️ Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari;
▫️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturi ishtirokchilari;
▫️ dunyoning nufuzli oliy taʼlim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlar.

Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, har yili 25 martga qadar belgilangan talablar asosida eng munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qiladi.

Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish hamda ijrosini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga yuboriladi.

Respublika komissiyasi har yili 20 mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ko‘krak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyatining qurultoyida topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты