Poytaxtda muqaddam bir necha bor sudlangan ayol tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan, lekin hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 mln AQSh dollariga sotishga kelishgan.
Ular tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, yer maydonini turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты