Andijonda davlat va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

“Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–63-son, 16.02.2026 y.) qabul qilindi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:

- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va to‘liq modernizatsiya qilish;

- viloyatning shahar va tumanlari, shu jumladan, Andijon viloyati Andijon tumani Yangi Andijon (Bobur) shaharchasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;

- investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Shuningdek, davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi  “Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.

Viloyat infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Andijon viloyatini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi deb qayta nomlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты