O‘zbek olimlari NASAning xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari — f.m.f.n., Galaktika astronomiyasi labarotoriyasi mudiri Otabek Burhonov va PhD, katta ilmiy xodim Kamoliddin Ergashev NASA tomonidan "Group Achievement Award" mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot "Double Asteroid Redirection Test" (DART) xalqaro kosmik missiyasi doirasida amalga oshirilgan tarixiy ilmiy natija uchun berildi.

DART missiyasi – insoniyat tarixida birinchi marta asteroid orbitasini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilgan sayyoraviy himoya tajribasidir. Missiya 2022 yil 26 sentyabr kuni kichik asteroid tizimi – Didymos asteroidining yo‘ldoshi Dimorphosga kinetik zarba berish, yaʼni kosmik kema bilan to‘qnashishi orqali amalga oshirildi. Zarba natijasida Dimorphosning Didymos atrofidagi orbital davri o‘zgardi. Eng muhim jihati shundaki, ushbu o‘zgarish Yer va kosmik teleskoplar yordamida aniq o‘lchandi. Bu insoniyat tarixida birinchi marta sunʼiy ravishda asteroid orbitasini o‘zgartirish va uning natijasini eksperimental tarzda tasdiqlash bo‘ldi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlari DART missiyasining yerdan kuzatuvlar bo‘yicha ishchi guruhi tarkibida Maydanak observatoriyasi teleskoplari bilan faol ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22322 | Инструменты