Huawei 1
Sud Trampning migrantlarni chiqarib yuborish rejasini rad etdi

Boston sudi AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatining muhojirlarni Liviya va Salvadorga deportatsiya qilish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda 17 may, shanba kuni Reuters agentligi xabar berdi. Uch sudyadan iborat hayʼat Ichki xavfsizlik departamentining bunday deportatsiyalar bo‘yicha siyosatidan xavotir bildirdi va agar chiqarib yuborishlar noqonuniy deb topilsa, «tuzatib bo‘lmaydigan zarar» ehtimoli haqida maʼlum qildi.

Fevral oyida Salvador rasmiylari Qo‘shma Shtatlar tomonidan deportatsiya qilingan muhojirlarni, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda zo‘ravonlik jinoyatlarida ayblanganlarni qabul qilib, mahalliy qamoqxonaga joylashtirishga rozi bo‘ldi.

Avvalroq Oq uy noqonuniy muhojirlar uchun «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi boshlangani haqida maʼlum qilgandi. Uning doirasida AQSHda noqonuniy yashayotgan muhojirlar Immigratsiya va bojxona politsiyasi bilan bog‘liq muammolardan qochib, o‘z vatanlariga qaytishlari uchun moliyaviy va tashkiliy yordam olishlari mumkin bo‘ladi.

Ixtiyoriy deportatsiya uchun CBP Home ilovasidan foydalanadigan har qanday migrant u orqali 1000 dollar stipendiya oladi. Pul uning vataniga qaytishi tasdiqlanganidan keyin to‘lanadi, deya maʼlum qildi AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi.

Vazirlik rahbari Kristi Noemning fikricha, bunday tartib amerikalik soliq to‘lovchilar uchun deportatsiya xarajatlarining 70 foizini tejashga yordam beradi. Hozirda noqonuniy muhojirni hibsga olish, qamoqda saqlash va deportatsiya qilish uchun o‘rtacha xarajat 17 ming dollardan oshadi, deyiladi idora xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51719 | Инструменты