Huawei 1
17-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Navoiyda oltin qumlarini yashirgan zavod xodimlari ushlandi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida faoliyat yurituvchi 2 nafar smena ustasi va 1 nafar bo‘linma apparatchisi oson boylik ortirish niyatida o‘zaro oldindan til biriktiradi. Ular kelgusida talon-toroj qilish maqsadida tarkibida ko‘p miqdorda oltin moddasi mavjud bo‘lgan og‘irligi 2 kg yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘yishadi.

Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi

Qo‘qon shahridagi Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals korxonasi maʼmuriyatining bergan maʼluotlariga ko‘ra, suyuq ammiak moddasini vagondan maxsus idishga o‘tkazilayotgan vaqtda shlangda yorilish hosil bo‘lib, taxminan 10 foiz ammiak zavod hududiga sizib chiqqan.

Bokschilarimiz Jahon kubogida birinchi oʻrinni egallashdi

Polshada boks boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Yakunda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

O‘zbekiston 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

"Bolalar saratoni bo‘yicha ko‘p tarmoqli strategiya muhim bo‘lib, saraton kasalligiga qarshi kurashda rivojlanishni tezlashtirish va barcha muhim tuzilmalarni birlashtirish uchun jiddiy imkoniyat yaratadi," - dedi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio.

Ostonada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy transport vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Vazirlar mintaqada va jahonda transport sohasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashib, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo va gumanitar hamkorlikning butun salohiyatidan foydalanishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama etishdi.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozog‘iston xalqining farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod etilishi belgilandi.

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Norvegiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Jizzaxdagi "Orom" bozori yaqinidagi choyxonada yong'in sodir bo'ldi

FVVning xabar berishicha, yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan. Yong‘in soat 14:50 da o‘chirildi.

XVJ: O‘zbekiston pensiya islohotini o‘tkazishi va uning konsepsiyasini tasdiqlashi kerak

O‘zbekiston pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishi kerak. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze ma’lum qildi.

Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki xabariga ko‘ra, mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash tarmoqlariga integratsiyalash va elektr energiyasi taʼminoti ishonchliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi

O‘zbekiston o‘z nomzodini 2025-2027 yillar uchun BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga ilgari surdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51721 | Инструменты