Huawei 1
Makron Nyu-Yorkda Saudiya bilan Falastinni tan olish bo‘yicha anjuman o‘tkazadi

Saudiya Arabistoni va Fransiya joriy yilning iyun oyida Isroil ishtirokisiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida Nyu-Yorkda Falastin davlatini tan olish bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazadi. Bu haqda “Israel hayom” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu anjumanda Falastin davlatini tan olish bo‘yicha aniq muddatlar va ijro mexanizmlarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Fransiya va Saudiya vakillari boshchiligida bo‘lib o‘tadigan anjumanda munozaralar va rasmiy sessiyalar o‘tkaziladi hamda Falastin davlatini barpo etish uchun amalga oshiriladigan doiraviy reja ishlab chiqiladi. Ushbu tashabbus Isroilning bu boradagi pozitsiyasini butunlay chetlab o‘tadi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Falastin tarafdori sifatidagi bayonotlaridan so‘ng mazkur anjuman misli ko‘rilmagan diplomatik tashabbusni tashkil etadi. Bu tashabbus faqat tan olish bayonotlaridan tashqariga chiqib, aniq maqsadlar va amalga oshirish rejalarini belgilaydi, shu jumladan, jarayonni to‘xtatishga harakat qiladigan tomonlarga qarshi sanksiyalarni kiritishni o‘z ichiga oladi.

BMT a’zo davlatlariga yuborilgan taklifnomalarda, anjuman “qaytib bo‘lmas nuqtaga aylanishi, bosqinni tugatish va ikki davlatli yechim asosida doimiy kelishuvni ilgari surish uchun yo‘l ochish” maqsadida tashkil etilishini ta’kidlagan.

Taklifnomada 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumlar va zo‘ravonlikda “har ikkala tomon” ayblanishi, unda “7 oktyabrdan beri ikkala tomonning fuqarolari, shu jumladan, o‘g‘irlanganlar va ularning oilalari, G‘azo aholisining katta aziyat chekkani” qayd etilgan.

Taklifnoma yakunida anjumanning yakuniy maqsadi xalqaro konsensusni amalga oshirish, qaytib bo‘lmas nuqtani belgilash hamda Falastin va mojaro bo‘yicha adolatli, barqaror yechim uchun zarur muhitni yaratib, kelajakdagi yo‘lni belgilash kerakligi yozilgan. Shuningdek, unda ushbu xalqaro konferensiyaning maqsadi “qayta boshlash” yoki “yangidan ishga tushirish” emas, balki ikki davlatli yechimni bir marta va abadiy amalga oshirish muhimligi qo‘shimcha qilingan.

Bu qanday amalga oshiriladi?

Nashrning keltirishicha, Saudiya va Fransiya anjumanining yakuniy hujjatiga qarshi harakat qilayotgan tomonlarga BMT sanksiyalarini qo‘llashni taklif qilmoqda, bu Isroilni o‘z roziligisiz diplomatik jarayonga majbur qilishga urinishni anglatadi.

“So‘nggi yillardagi voqealar shuni ko‘rsatadiki, agar xalqaro hamjamiyat tomonidan kuchli qarorlar qabul qilinmasa va ularning mojaro tugatilishiga olib boradigan yondashuvga qat’iy hissa qo‘shilmasa, bu mojaro yanada kuchayib, tinchlik yana orqaga siljiydi”, deyiladi hujjatda.

Taklif etilgan yechim “tez, vaqt bilan cheklangan va orqaga qaytmas” jarayonni talab qiladi, bu esa “Falastin davlatining mustaqil va suveren davlat sifatida Isroil bilan yonma-yon o‘rnatilishi” bilan yakunlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51719 | Инструменты