Isroil bosh vaziri Dohada HAMAS yetakchilariga operatsiya uchun Qatar amiridan uzr so‘radi va bunday zarbalar takrorlanmasligiga ishontirdi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qatar rasmiylaridan poytaxt Dohaga berilgan havo hujumi uchun uzr so‘radi. Bu haqda 29-sentabr, dushanba kuni AQSh ma’muriyati Reuters, Amerikaning Axios nashri, Isroilning Ynet axborot portali va Isroilning N12 telekanali xabarlarini tasdiqlagan holda ma’lum qildi.
Netanyaxu Oq uyga tashrifi chog‘ida Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyga qo‘ng‘iroq qilib, 9-sentabr kuni Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) tomonidan Dohada Falastin terrorchilik guruhiga uyushtirilgan havo hujumi uchun uzr so‘radi.U Qatar suvereniteti poymol qilingani va qatarlik xavfsizlik zobitining o‘limidan afsusda ekanligini bildirdi.
Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda Qatar amiri bilan gaplashgan, shundan so‘ng uchrashuv davom etgan. Vashington bayonotiga ko'ra, Netanyaxu Isroil kelajakda bunday hujumlarni amalga oshirmasligiga ishontirdi.
Qatar Isroil hujumini qoraladi
Avvalroq Qatar amiri Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida Isroil hujumini qoralagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dohaga berilgan zarba G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha barcha diplomatik sa’y-harakatlarga putur yetkazgan. Shuningdek, u Isroil diplomatiyasi “siyosiy qotilliklarga yo‘naltirilganini” ta’kidladi. Axios ma'lumotlariga ko'ra, zarba uchun Isroilning uzr so'rashi Qatarning G'azo kelishuvi bo'yicha XAMAS bilan muzokaralarni qayta boshlash sharti edi.
Binyamin Netanyaxuning 29-sentabr kuni Vashingtonga tashrifining asosiy mavzusi G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish.
9-sentabr kuni Doha markazida qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Binyamin Netanyaxu buni Isroilning mustaqil operatsiyasi ekanligini aytdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Isroilning Dohada Xamas yetakchilariga bergan zarbasini qoraladi. Al-Jazira manbalarining xabar berishicha, hujum Trampning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflarini muhokama qilish uchun Dohadagi muzokaralarda qatnashayotgan “Hamas delegatsiyasi”ni nishonga olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 93017 | Инструменты