Huawei 1
Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan tovarlar bo'yicha QQSni qaytarish soddalashtiriladi

Hukumat qarori (610-son, 29.09.2025-y.) bilan “Kam ta'minlangan yoki kambag'al oilalarning vakillari bo'lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasini qaytarish tartibi to'g'risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga BHMning 10 baravarigacha bo'lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.

Soliq qo'mitasi avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlangan soliq summasi bo'yicha buyurtmani ijtimoiy kartadan to'lovlar amalga oshirilgan kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi G'aznachilik xizmati qo'mitasiga Soliq qo'mitasining maxsus hisobvarag'iga buyurtma olgan kunda to'langan soliq summasini qaytarib berish uchun mablag'larni o'tkazadi.

Soliq qo'mitasi soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning reestrini vakolatli bankka 1 ish kunida taqdim etadi.

Vakolatli bank pul mablag'larini 1 ish kunida soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning ijtimoiy kartalariga o'tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93017 | Инструменты