Huawei 1
Oktabr oyi ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan boshlanadi

Bu yil oktabr oyi ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan boshlanadi.

Sentabr oyining oxirida kuzatilgan iliq ob-havodan so‘ng, 1-2 oktabr kunlari O‘zbekiston hududida ushbu mavsumdagi birinchi kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.

Respublika shimolida, markaziy va sharqiy viloyatlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduz kunlari 18-21o gacha, kechalari 8-13o gacha, respublika shimolida kunduz kunlari 13-16o gacha, kechalari 4-5o iliqqacha pasayadi.

3 oktabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

4-10 oktabrda butun respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havog harorati 5-7o ga ko‘tariladi. Kunduz kunlari havo 23-26o gacha isiydi.

Oktabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda (2-3 kun) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 10-15o dan 5-10o gacha(respublika shimolida 2o sovuqqacha bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari 23-28o dan 15-20o gacha o‘zgarib turadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93019 | Инструменты