Germaniya hukumati Eronga rejalashtirilgan hujum haqida Isroil tomonidan oldindan xabardor qilingan. Bu haqda “Der Spiegel” jurnali xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan 02:30 (Toshkent vaqti bilan 01:30) atrofida telefon orqali bog‘langan.
Mersning aytishicha, xavfsizlik idoralari Germaniyadagi yahudiy va Isroil muassasalarini himoya qilishni kuchaytiradi.
“Germaniya Isroil va Eronni mintaqaning yanada keskinlashishi va beqarorlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qadamlardan tiyilishga chaqiradi”, deydi Mers.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61414 | Инструменты