Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi 13 iyun, juma kuni Eronning Natanz shahridagi uranni boyitish bo‘yicha muhim inshootda Isroil hujumlaridan so‘ng alfa-zarralar ajralib chiqdi, dedi. «Natanz inshooti tashqarisidagi radiatsiya darajasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Tegishli himoya choralari bilan nazorat qilinadi», — deya Grossining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik matbuot xizmati.
Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy, o‘z navbatida, Isroil hujumlari Natanzdagi inshootga jiddiy zarar yetkazmagani va radiatsiya sizib chiqishiga olib kelmaganini daʼvo qilmoqda. «Zarar yer darajasida bo‘lgani va qurbonlar bo‘lmagani yaxshi. Aholini xavotirga solishi mumkin bo‘lgan radiatsiya sizib chiqishi ham kuzatilmagan. Hozirda yetkazilgan zararni baholayapmiz», — dedi u.
Avvalroq Eronning Isfaxon viloyati gubernatori xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Akbar Solihiy Natanzda yadroviy zaharlanish haqida xabarlar yo‘qligini maʼlum qilgandi.
Grossining taʼkidlashicha, davlatlar o‘rtasidagi vaziyat yoki munosabatlardan qatʼi nazar, yadroviy inshootlarga «hech qachon hujum qilinmasligi kerak». Bunday hujumlar Yer aholisiga ham, atrof-muhitga ham zarar yetkazishi mumkin, dedi u. «Bunday hujumlar yadroviy xavfsizlik va kafolatlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi», — deya BMT matbuot xizmati AEXA rahbarining so‘zlarini keltirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61503 | Инструменты