Shtat jamoat xavfsizligi kotibining maʼlum qilishicha, mahbuslarning sheriklari qamoqxonani o‘qqa tutgan, so‘ngra avtomobil yordamida darvozani buzib kirgan. Boshlangan otishma chog‘ida muassasa qo‘riqchilaridan biri halok bo‘lgan.
Shuningdek, CJNG karteli yetakchisi “El Mencho” o‘ldirilganidan keyin boshlangan tartibsizliklar tufayli Meksika hukumati Xaliskoga qo‘shimcha ravishda 2 ming nafar harbiy yuborgani xabar qilinmoqda.
Meksika hukumatining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda qariyb 60 kishi halok bo‘lgan, ularning 30 nafari jinoiy to‘da aʼzolari hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты