Islandiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini tezlashtirishi mumkin — Politico

Islandiya Yevropa Ittifoqiga aʼzolik masalasi bo‘yicha 2027 yilga rejalashtirilgan referendumni 2026 yilda o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Nashrning manbalariga tayanib bergan maʼlumotiga ko‘ra, Islandiya avgust oyidayoq YEIga aʼzolik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash masalasini referendumga qo‘yishi mumkin. Mamlakat parlamenti yaqin haftalarda ovoz berish sanasini eʼlon qilishi kutilmoqda.

Politico‘ning taʼkidlashicha, Islandiya rasmiylari jarayonni “geosiyosiy beqarorlik davrida” tezlashtirishga qaror qilgan. Xususan, AQSHning Islandiyaga nisbatan boj joriy etish qarori hamda Trampning Grenlandiyani anneksiya qilish bilan bog‘liq tahdidlari bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Islandiya Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lish uchun arizani 2009 yilda, Jahon moliyaviy inqirozi avj olgan paytda topshirgan edi. O‘sha davrda mamlakatning uchta yirik banki bankrotga uchragandi. Biroq 2013 yil dekabr oyida hukumat muzokaralarni muzlatib qo‘ygandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты