Jenevadagi muzokaralarda muhokama qilinadigan masalalar doirasi Abu-Dabidagi uchrashuvlardagiga qaraganda kengroq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning "Nega Abu-Dabidagi muzokaralarda ham Rossiya delegatsiyasiga Vladimir Medinskiy boshchilik qilmagani" haqidagi savoliga javoban aytib o‘tdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Abu-Dabida xavfsizlik masalalari, bevosita harbiylarga taalluqli masalalar muhokama qilingan. Shuning uchun u yerda guruhni Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kostyukov boshqargan.
"Bu safar kengroq doiradagi, jumladan, hududlar va bizda mavjud bo‘lgan barcha talablar bilan bog‘liq asosiy masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan. Bu yerda esa bosh muzokarachi, yaʼni Medinskiyning ishtiroki zarur", — dedi Peskov Jenevadagi muzokaralarni nazarda tutib.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты