Navoiy viloyati barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

“2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–58-son, 11.02.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Navoiy viloyatini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 7,9 foizga, sanoat  7,8 foizga, bozor xizmatlari 15,6 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,7 foizga o‘sishini taʼminlash;

- viloyatni kambag‘allik va ishsizlikdan  holi hududga aylantirish hamda aholi daromadlari barqaror o‘sishini taʼminlash, 4,5 ming nafar aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish;

Karmana ko‘chasini renovatsiya asosida milliy uslubdagi madaniy, turizm va xizmat ko‘rsatish markaziga aylantirish maqsadida:

- Qosim shayx xonaqohi va Mirsaid Bahrom tarixiy ziyoratgohlari restavratsiya qilingan holda o‘zaro bog‘lanadai;

- “Yangi avlod” istirohat bog‘i va “Karmana dehqon bozori” bilan uyg‘unlashtirgan holda “Qadimiy Karmana” turistik markazi (turistik markaz) tashkil qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты