Isroil bosh vaziri uchta shart bajarilsagina Eron bilan kelishuv tuzishini maʼlum qildi

Binyamin Netanyahuning aytishicha, Tehron uranni mamlakatdan to‘liq olib chiqarishi va uni boyitishga mo‘ljallangan barcha qurilmalarni demontaj qilishi lozim.

Bundan tashqari, Eron o‘z raketalari Isroil hududiga yetib bora olmasligi uchun ularning harakatlanish radiusini 300 kilometrgacha cheklashi kerak.

Yana bir talab sifatida Isroil "terror o‘qi" deb ataydigan, mintaqadagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan qurolli guruhlarni tugatish qo‘yilgan.

Avvalroq Tramp Eron bilan muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanini maʼlum qilgandi.

Shu bilan birga, G‘arb davlatlari ommaviy axborot vositalari Eronga qarshi harbiy operatsiyalar tayyorlanayotgani haqida yozmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты