Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 15 fevral kuni soat 18:00 larda Chilonzor tumani TXAY-Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahasida, haydovchi 1969 yilda tug‘ilgan Yu.A. HOWO rusumli yuk avtomobili hamda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты