Huawei 1
Isroil Eron shimoli-g‘arbiga yangi va keng ko‘lamli zarbalar berdi

13 iyun kuni Isroil Eron shimoli-g‘arbiga yangi va keng ko‘lamli zarbalar berdi. Bu haqda “Israel info” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujumlar dronlar yordamida amalga oshirilgan. Tabriz aeroporti yaqinidagi temiryo‘l inshootlariga zarar yetgan, bu hududda havo mudofaa bazalari joylashgan.

Isroil mudofaa armiyasi yangi zarbalar fonida Sherozdagi hujumlarni tasdiqlagan. Bu yerda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining shtab-kvartirasi, raketa ishlab chiqarish zavodi va tayyor mahsulotlar ombori joylashgan. 

“Al-Mayadeen” telekanalining xabariga ko‘ra, hujum joyida qurbonlar mavjud. Eron g‘arbida ham hujumlar ro‘y bergani aytilmoqda.

Isroil ham o‘z navbatida Eronning hujumlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Isroil harbiy-havo kuchlari Eron tomonidan uchirilgan dronlarni ushlash bo‘yicha amaliyotlar davom etayotganini bildirgan.

Eron ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Isroil yana bir bor Natanzdagi yadroviy ob’ektga zarba bergan.

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qilib, “sionistik tuzum hali o‘z harakatlaridan afsuslanadi”, deya bayonot bergan. 

Isroil hujumlarining yangi to‘lqini Eron havo hududi yopilgan vaqtda sodir bo‘lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61415 | Инструменты