Google o‘zining TED2025 konferensiyasida yangi sun’iy intellektga asoslangan aqlli ko‘zoynak taqdim etdi. Ushbu ko‘zoynaklar Android XR platformasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Gemini AI yordamida real vaqt rejimida tarjima, vizual xotira va kontekstual yordam kabi ilg‘or funksiyalarni taqdim etadi. Bu haqda Blog Google xabar berdi.
Texnik xususiyatlar
Hozirda Google ushbu ko‘zoynaklarni konseptual apparat sifatida taqdim etdi. Ma’lum qilinishicha, qurilma 2026-yilda iste’molchilarga taqdim etiladi. U Samsung tomonidan ishlab chiqilgan Project HAEAN ko‘zoynaklari bilan raqobatlashishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21203 | Инструменты