Maʼlum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas YEIning Rossiyadan Ukrainadagi urushni yakunlash doirasida talab qilishi kerak bo‘lgan imtiyozlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Ro‘yxatga, xususan, urush paytida mamlakatdan olib chiqib ketilgan barcha ukrainalik bolalarni qaytarish va Rossiya armiyasining sonini cheklash talablari ham kiritilgan.
"Muzokaralar stolida o‘tirganlarning barchasi, jumladan, ruslar va amerikaliklar ham, qaror qabul qilish uchun yevropaliklarning roziligi kerakligini tushunishlari lozim. Buning uchun bizda ham shartlar mavjud. Biz esa bu shartlarni shundoq ham kuchli bosim ostida bo‘lgan Ukrainaga emas, balki Rossiyaga qo‘yamiz," — dedi Kallas.
Kallas takliflarning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21120 | Инструменты