Hukumat qarori (49-son, 10.02.2026 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, Milliy koordinatalar tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
- Milliy geodeziya referens datumi;
- Yer gravitatsiya maydonining global modeli;
- Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi;
- Davlat geodeziya tarmog‘i punktlari kataloglari;
- Milliy koordinatalar tizimi maʼlumotlar bazasi.
Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Cho‘ponota tepaligida joylashgan Davlat geodeziya punkti hisoblanadi.
EGM2008 Milliy koordinatalar tizimining Yer gravitatsiya maydonining global modeli hisoblanadi.
Milliy koordinatalar tizimi maʼlumotlar bazasidan Milliy koordinatalar tizimining veb-sahifasi orqali foydalaniladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21119 | Инструменты