Huawei 1
Eron raketalari Isroilning “Temir gumbaz”ini yorib o‘tdi

Eron raketalari Isroilning havo mudofaa tizimi – “Temir gumbaz”ni yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Eron telekanallari efirida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Tel-Avivda portlashlar davom etmoqda.

Videolarda Eron raketalarining shahardagi nishonlarga kelib tushishi aks etgan. Isroilning “Temir gumbazi”i esa bunga dosh berolmagan. Qolaversa, videoda Isroilning qarshi raketalari zarbalar nishonga tekkandan keyin harakatga kelganini ham ko‘rish mumkin. Kadrlarda ko‘rinishicha, kamida bir nechta raketa o‘z nishoniga yetib borgan.

Isroilning 13-telekanali xabariga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketalardan biri Tel-Avivdagi Isroil Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasiga tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61417 | Инструменты