2026-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti “tinchlik va xalqaro huquqni ilgari surishdagi sa’y-harakatlari uchun” huquqshunos Navanethem “Navi” Pilleyga berildi
2026-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati huquqshunos va huquq himoyachisi Navanethem “Navi” Pilley bo‘ldi. Mukofot “tinchlik va xalqaro huquqni ilgari surishdagi sa’y-harakatlari uchun” berildi, deyiladi Nobel qo‘mitasi saytida.
“Ekzistensial tahdidlar davrida — dunyo uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan darajadagi ko‘plab urush va mojarolarga duch kelgan bir paytda — xalqaro huquq endi shunchaki tinchlik va xavfsizlikning to‘ldiruvchisi emas, balki mutlaq zaruratga aylandi”, — deya ta’kidladi qo‘mita.
“Navi Pilley muhim xalqaro sud jarayonlaridagi ishtiroki orqali huquqiy choralar urush va zo‘ravonlik harakatlarining oldini olishga yordam berishini isbotladi. U, shuningdek, xalqaro huquq institutlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shdi. O‘zining mustaqilligi, kasbiy mahorati va qat’iyati tufayli u zamondoshlarimiz orasida eng nufuzli xalqaro yuristlardan biriga aylandi”, — deyiladi xabarda.
Hozirgi kunda Pilley BMTning Xalqaro sudida Myanmadagi rohinja musulmonlari genotsidi bo‘yicha ishda sudyalik qilmoqda. Yaqin vaqtgacha u BMTning Falastin hududlaridagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha Mustaqil xalqaro komissiyasiga ham rahbarlik qilgan.
Bu yilgi mukofotlar:
Tibbiyot bo‘yicha 2026-yilgi Nobel sovrindorlari e’lon qilindi
Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti koinot neytrinolarini kashf etgan olimga berildi
2026-yilgi Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti organik sintez sohasidagi kashfiyot uchun berildi
Adabiyot boʻyicha 2026-yilgi Nobel mukofoti kanadalik zamonaviy adabiyotning yangi shakllarini yaratgan adibaga berildi
Alpha version: 0.9.1.19 build 110106 | Инструменты