1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Sinay yarimoroli, jumladan, Sharm-al-Shayxga (Misr) oldindan viza olmasdan kira olmaydi. Vizani Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali olish mumkin
1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangilangan tartib joriy etiladi, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi. Xususan, endilikda kurort shahri bo‘lmish Sharm-al-Shayx va Sinay yarimorolining boshqa hududlariga vizani oldindan rasmiylashtirmasdan safar qilib bo‘lmaydi.
Vizani Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali olish mumkin. Shu bilan birga, turistik safarlar vakolatli turoperatorlar orqali tashkil etilishi lozim.
40 yoshgacha bo‘lgan sayyohlar esa Misrga faqat yaqin oila a’zolari (ota-ona, er-xotin yoki farzandlari) hamrohligida safar qilishi mumkin. Bunda oila tasarrufida safar davomida kamida 5000 dollar miqdorida naqd mablag‘ mavjud bo‘lishi talab etiladi.
40 yoshdan yuqori bo‘lgan mustaqil sayohat qiluvchilar kamida 3000 dollar miqdorida naqd moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari lozim.
Misrga kirish chog‘ida quyidagi hujjat va ma’lumotlar taqdim etilishi shart:
Misr hududida bo‘lish davomida turistik vizani boshqa turdagi vizaga almashtirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.
Zarur hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan shaxslar mamlakatga kiritilmasligi va ularni olib kelgan aviakompaniya orqali qaytarilishi mumkin.
O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi fuqarolardan Misrga safarlarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotlarni inobatga olishlarini so‘radi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110106 | Инструменты