Huawei 1
Bugun UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 qur'a tashlash marosimini tomosha qiling!

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahrida 2018-yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Moskvadagi Kreml saroyida o'tadigan tadbir Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari esa mazkur qur'a jarayonini jonli efirda sizga namoyish etadi. Futbol olamidagi eng muhim voqeani biz bilan birga tomosha qiling!

Mundialga yo'llanma olgan 32ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4ta savatchaga ajratildi. Mezbon ya'ni Rossiya terma jamoasi o'z o'zidan birinchi savatchadan joy oldi.

Har bir guruhdan bir qit'adan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Yevropa qit'asi bundan mustasno. Bitta guruhda Yevropadan maksimum ikkita jamoa bo'lishi mumkin.

Siz ushbu tadbir davomida futbol olamidagi taniqli futbolchilarni ham tomosha qilishngiz mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, bugun bo'lib o'tadigan ushbu marosimda Pele, Ronaldino, Ronaldo, Dide Drogba, Samuel Eto’O, Klarens Zeyedorf, Ali Dai, Lotar Matteus, Karlos Puyol, Fabio Konnavaro, Kafu va yana bir qancha futbol afsonalari tashrif buyurishi kutilmoqda.


Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga