Huawei 1
UZREPORT TV  hamda FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 Yevropa qit'asi saralash uchrashuvlarini tomosha qiling

Hozirda ana shu mundialga yo'l olish uchun dunyoning barcha terma jamoalari o'z qit'alarida saralash uchrashuvlarini o'tkazishmoqda. 

Mazkur nufuzli musobaqaga eng ko'p yo'llanma esa ko'hna qit'a vakillariga nasib etadi va mundialda Yevropa terma jamoalari doimo favorit sifatida qayd etilishadi. Ayni dam bu qit'ada saralash o'yinlari o'zining eng qizg'in pallasiga kelgan. Guruhdan faqat bir jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgani sabab, Gollandiya, Italiya, Fransiya, Portugaliya kabi bir qator nomdor terma jamoalar JCH-2018ga chiqish uchun katta kuch sarflashlariga to'g'ri keladi. 

UZREPORT TV telekanali ushbu saralash bahslariga muxlislar tomonidan bo'lgan qiziqish yuqori bo'lgani sabab, JCH-2018 Yevropa qit'asi saralash uchrashuvlari translyatsiya huquqini xarid qildi. 31 avgust kuni Yevropa qit'asi saralash uchrashuvlarining 7-tur bahslari boshlanadi.

Telekanalimiz muxlislari 7-turdan boshlab saralashning oxiriga qadar Yevropaning kuchli terma jamoalari ishtirokidagi barcha qiziqarli o'yinlarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari orqali o'zingiz muxlislik qiladigan jamoalaringizning saralash doirasidagi o'yinlarini kuzatib boring!Syurprizlar mavsumi davom etadi!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga