Huawei 2
“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media festivalining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Ozod yurt to‘lqinlari” X an’anaviy media festivali O‘zbekistonda nodavlat teleradiokanallarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, jamiyatning siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy jihatdan  rivojlanishiga turtki bo‘ladigan teleradiodasturlarni tayyorlashda faolligini oshirishga qaratilgan.

Hay’at a’zolari “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan eng yaxshi dastur” nominatsiyasida «Samarqand-STV» telekanali g‘olib deb topdi. “Mening yurtim” telekanali esa “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish jarayonlarini yoritishga bag‘ishlangan eng yaxshi teleradiodastur” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan eng yaxshi teleradioloyiha” nominatsiyasida g‘oliblik "Istiqlol" teleradiostudiyaga nasib etdi.  «Navro‘z» radiostansiyasi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini eng faol yoritgan teleradiostansiya” nominatsiyasiga munosib deb topildi. “Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi teleradiomahsulot” nominatsiyasi «Muloqot TV» telekanali ijodiy guruhiga nasib etdi.

Bu  yilgi Media festivalda yaqinda o‘z ish faoliyatini boshlagan “Futbol TV”, “Milliy TV”, “Zo‘r TV” va “Karavan TV” kanallari ijodkorlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, “Yil kashfiyoti” nominatsiyasi joriy etildi va ularga ham maxsus mukofotlar topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga