"Prezident Olimpiadasi": velotrek bo'yicha o'tgan musobaqaning so’nggi kunida g’olib va sovrindorlar aniqlandi

Kecha, 5-noyabr kuni velotrekda o’smir qizlar va o’smirlar o’rtasida “Skretch” guruh poygasi bo’yicha g’olib va sovrindorlar aniqlandi. O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bu haqda ma'lumot berdi.

Xususan, “Skretch” guruh poygasi o’smirlar:

1-Asadbek Kenjebayev – Qoraqalpog’iston Respublikasi
2-Aziz Ahmadjonov – Toshkent shahar jamoasi
3-Doniyorbek Xudayorov – Xorazm viloyati jamoasi

“Skretch” guruh poygasi o’smir qizlar:
1-Charos Hasanova – Toshkent viloyati jamoasi
2-Diana Bazarbayeva – Qoraqalpog’iston Respublikasi
3-Nelli Binkova – Jizzax viloyati jamoasi

O’smirlar o’rtasida guruh poygasi bo’yicha g’olib va sovrindorlar aniqlandi:

Guruh poygasi o’smirlar:

1-Mehroj Boysariyev – Jizzax viloyati jamoasi
2-Maksim Soluyanov – Toshkent shahar jamoasi
3-Jahongir Alimov – Toshkent viloyati jamoasi

Guruh poygasi o’smir qizlar:

1-Milana Yarovaya – Sirdaryo viloyati jamoasi
2-Kamola Madusmonova – Toshkent viloyati jamoasi
3-Akmaral Sadikova – Qoraqalpog’iston Respublikasi
 
Sportchilarni taqdirlash marosimida Turkiyaning O’zbekistondagi muxtor elchisi - Ufuk Ulutash, Jizzax viloyati Sport boshqarmasi boshlig’i Nozimjon Usmonov, O’zbekiston velosport federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari – Kozimxo’ja O’rinboyxo’jayev hamda O’zbekiston velosport federatsiyasi Bosh kotibi Xurshid Atakulovlar ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110620 | Инструменты