Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan Aqaba jarayoni uchrashuvi doirasida Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mamlakat yetakchisi dunyoda yangi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya Podshohi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan ushbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning borishi muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda oʻzaro tashrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Havo qatnovlari yoʻlga qoʻyildi, Hukumatlararo qoʻshma komissiya yigʻilishi oʻtkazilib, Ishbilarmonlar kengashi taʼsis etildi.
Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston va Iordaniya yetakchilari boʻlajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110620 | Инструменты