Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan “E voh” ijodiy festivali ikkinchi marta bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan “UZREPORT” AA bosh direktori Ravshanxon Djurayev anʼanaviy o‘tkaziladigan "E voh" festivalini boyitish, shoir ijodi, muxlislarini hursand qilish maqsadida, "Green Hills Resort" dam olish maskanida Erkin Vohidov muzeyini ochilishini maʼlum qildi.
Shuningdek, yana bir yangilik — iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida fan olimpiadasi o‘tkazilishi va unda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga “Uzreport-jurnalistika" akademiyasiga kirish uchun imtiyoz berilishini aytib o‘tdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62203 | Инструменты