Huawei 1
Toshkentda 35 yoshli ayol to‘rt nafar tanishi bilan o‘zaro janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumanida bir guruh ayollar mushtlashgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 16 iyun kuni Sergeli tumanining Yangi Sergeli ko‘chasida yuz bergan. 1990 yilda tug‘ilgan N.E. tanishlari – 1994 yilda tug‘ilgan X.O. 1988 yilda tug‘ilgan M.X. va 1991 yilda tug‘ilgan M.M.lar bilan o‘zaro gap talashib qolgan. So‘ng ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida bo‘la turib, urishib ketgan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ayollar tibbiyot muassasasiga tan jarohatlari bilan murojaat qilmagan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62202 | Инструменты