O‘zbekistonda 6 iyundan e’tiboran jismoniy shaxslar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi xabar bermoqda.
Bu xizmat bepul bo‘lib, undan hozirda kredit byurosining rasmiy sayti orqali foydalanish mumkin.
Taqiqni faollashtirish orqali, fuqarolar o‘zlari bexabar bo‘lgan holda ularning nomiga kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olgan bo‘ladi.
Bu boradagi qonun shu yil mart oyida imzolangan edi. Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlash uchun yozma yoki elektron shaklda YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolariga murojaat qilishlari mumkin.
Taqiq kiritish ham, taqiqni yechish ham bepul amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari tizimida hozircha bu imkoniyat joriy etilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62202 | Инструменты