Indoneziyaning Bali shahrida oʻtkazilayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi medalga ega chiqdi.
Sablya boʻyicha boʻyicha ayollar terma jamoamiz bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Saralashda Xitoy Taipeyi, Gonkong jamoalarini magʻlub etgan qizlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Uchinchi oʻrin uchun bahsda esa xitoylik raqibalaridan 45:43 hisobida ustun keldilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62202 | Инструменты