Huawei 1
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Baxodir Jalolovning (15-0, 14 KO) navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Top rank” xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jalolov AQSHning Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Skver Garden”ning kichik arenasi – Madison Square Theater’da italiyalik Janmarko Kardilloga (12-1-2, 2 KO) qarshi ringga chiqadi. 

Jang joriy yilning 26 iyul kuni (O‘zbekiston vaqti bilan 27 iyul tongida) bo‘lib o‘tadi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61416 | Инструменты