Huawei 1
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi – Ilhom Mahkamov

Endilikda viloyatdan kelgan taksichilar Toshkent shahrida taksichilik qila oladi. Biroq buning uchun ular litsenziya olishi, faoliyat manzili sifatida esa Toshkentni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu haqda 13 iyun kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, viloyatlararo litsenziyaga ega taksichilar Toshkentda taksi qila olmaydi. Litsenziya faqat bitta hududga beriladi. 

Ular bir vaqtning o‘zida ham viloyatda, ham poytaxtda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan haydovchilarning mashina raqami qaysi hududdan olingan bo‘lsa, faqatgina o‘sha hududda taksichilik qilishi mumkinligi belgilangan. Ushbu qaror tez orada keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Transport vaziridan yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanishga oid joriy qilingan cheklovga tushuntirish berishi uchun so‘rov yubordi. Partiyaga ko‘ra, bu tartib O‘zbekistonning yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilangan talabga zid kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61413 | Инструменты