"Uzbekistan Airways" mahalliy aviareyslar narxini e'lon qildi Unda 14-maydan Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar tiklanishi ham ma'lum qilingan
"Uzbekistan Airways" AJ ichki aviareyslar bo'yicha narxlar hisobotini e'lon qildi. AJning Uzreportga ma'lum qilishicha:
- eng ommabop yoʻnalishlar – Toshkentdan Urganchga va Toshkentdan Nukusga amalga oshirilgan parvozlar.
Hozirgi kunda Toshkentdan Urganchga hamda Toshkentdan Nukusga aviachipta narxi 417 000 soʻmdan boshlanadi.
Aviakompaniya Toshkentdan Termiz, Buxoro, Samarqandga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi va 14-maydan boshlab esa Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar tiklanadi.
Ushbu yoʻnalishlardagi aviachiptalar narxi:
Toshkent-Termiz – 341 000 soʻmdan. Qatnovlar haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent-Buxoro – 215 000 soʻmdan. Qatnovlar haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlari bajariladi.
Toshkent-Navoiy – 215 000 soʻmdan. Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent - Samarqand – 114 000 soʻmdan, aviaqatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, aviakompaniya qatnovlar jadvaliga Samarqanddan respublikamizning boshqa viloyatlariga ham maqbul narxlarda qatnovlar kiritiladi.
Fargʻona viloyatidan Toshkent-Fargʻona, Toshkent-Namangan yoʻnalishlariga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi. Baʼzi sabablarga koʻra bundan bir necha yil oldin toʻxtatib qoʻyilgan Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi havo qatnovi qayta tiklandi.
Fargʻona vodiysi shaharlariga aviachipta narxi har bir shahar uchun bir xil – Toshkentdan Fargʻona, Namangan va Andijonga aviachipta narxi – 127 000 soʻmdan.
Aviakompaniya tomonidan Termizni Fargʻona bilan bogʻlovchi yangi qatnov yoʻlga qoʻyildi. Shunisi alohida eʼtiborga molikki, mazkur yoʻnalish jadvali har ikkala shahar yoʻlovchilari uchun ham maksimal darajada qulay tuzilgan – Termizdan Fargʻonaga qatnov dushanba kunlari, Fargʻonadan Termizga esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, bugungi kunda Samarqanddan muntazam ravishda Toshkent qatnovidan tashqari, uchta shahar – Fargʻona, Namangan va Urganchga ham mahalliy aviaqatnovlar amalga oshirilayotgani ma'lum qilingan.
Aviachiptalar narxi maqbul va har uchchala yoʻnalishda ham bir xil – 190 000 soʻmdan boshlanadi.
Bu oʻz navbatida aholi mobil darajasi ortishi va yurtimizda ichki turizmni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aviaqatnovlar quyidagi kunlarda amalga oshiriladi:
• Samarqanddan Namanganga – chorshanba va shanba kunlari.
• Samarqanddan Fargʻonaga – dushanba, seshanba, juma va yakshanba kunlari.
• Samarqanddan Urganchga – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari.
Bundan tashqari, Fargʻona vodiysi va Urganch shaharlari oʻrtasida Samarqand aeroporti orqali yurtimiz boʻylab sayohat qilish uchun qulay tranzit qatnovlar mavjud. Shu bilan birga, Samarqandga borish va qaytish parvozlari respublika shaharlaridan Istanbulga amalga oshiriluvchi qatnovlar bilan qulay tarzda bogʻlangandir. Istiqbolda Rossiya Federatsiyasi shaharlari bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangandan soʻng, Moskva va Sankt-Peterburgga ham qulay qatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Shu bilan birga, “Uzbekistan Airways” AJ rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olinganda 3 foizli chegirma amal qilishi haqida ham ma'lum, qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51718 | Инструменты