Huawei 1
Toshkent va Namanganda 637 million so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent va Namangan viloyatlari boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Xususan, Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan “A.B.” MCHJ rahbari F.A. tomonidan “Afg‘on” mahallasidagi maktab oshxonasida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish orqali 248,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Shuningdek, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida fuqaro D.T. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvoychilik faoliyati bilan shug‘ullanib, 209,7 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari, “Qozoqovul” mahallasida yashirin tarzda ishlab chiqarish faoliyati yuritayotgan fuqaro B.Ch. ham elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 178,9 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50514 | Инструменты