Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘yliq” bozoridagi rastalar buzib tashlangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Shu bilan birga, demontaj ishlari tungi vaqtda olib borilayotgani aytilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Qo‘yliq” bozorining muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli ilgari to‘xtatilgan qismini qayta tashkil etish va obodonlashtirish ishlari qayta tiklandi.
Maʼlum qilinishicha, ayni paytda bozor hududida tadbirkorlar uchun yana-da tartibli sharoitlar yaratilmoqda, infratuzilma modernizatsiya qilinib, sanitariya holati yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, bozorda savdo davom etmoqda.
"Bozor yopilmayapti, uning faoliyati tartibga solish, sanitariya holatini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga eʼtibor qaratgan holda optimallashtirilmoqda," - deyiladi hokimlik xabarida.
Maʼmuriyat, shuningdek, bozor hududida islohotlar boshlanishidan oldin ko‘plab muammolar to‘planib qolganini taʼkidladi. Ular orasida kriminogen omillar, eskirgan kommunikatsiyalar tufayli yuzaga kelgan kichik yong‘inlar, sanitariya meʼyorlarining buzilishi hamda qulaylik va odamlar salomatligiga xavf soluvchi tartibsiz savdo holatlari mavjud edi.
"Bu holatlarni eʼtiborsiz qoldirib bo‘lmasdi. Shu bois bozorni xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga moslashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ishonchimiz komilki, barcha ishlar yakunlangach, ushbu hudud ham tadbirkorlar, ham tashrif buyuruvchilar uchun yana-da qulay, xavfsiz va shinam bo‘ladi," - deyiladi hokimlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50518 | Инструменты