Huawei 1
O'zbekiston va Buyuk Britaniya gender tenglikni ta'minlash bo'yicha hamkorlikni jadallashtiradi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning Gender tengligi masalalari bo'yicha maxsus vakili Alisiya Gerbert bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Alisiya Gerbert muloqot avvalida O'zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi.

"Britaniya tomoni O'zbekistonda xotin-qizlarning oliy ta'lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalar, xorijiy tillarni egallashi va tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy va texnik yordamini ko'rsatishdan manfaatdor", dedi u.

Uchrashuv yakunida gender tengligiga erish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish bo'yicha amaliy ishlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50519 | Инструменты