Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 52,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,8 % ga ko‘p.
2025 yil yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar hajmi:
— Go‘sht (tirik vaznda) – 564,1 ming tonna
— Sut – 2 mln tonna
— Tuxum – 1,5 mlrd dona
— Sabzavotlar – 79 ming tonna.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50518 | Инструменты